O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-noyabr 1963-1-son tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyalari to‘g‘risida NIZOM” talablari asosida bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilmoqda.
SamDChTI 3-bosqich talabalari 15-17 may kunlari “O‘zbek tili” fanidan YaDA sinovini topshirdilar. YaDA sinovlarida talabalarning fan yuzasidan yozma va og‘zaki nutq, tarjima qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Sinov javob natijalari o‘sha kunning o‘zidayoq hammaga e’lon qilindi. 24-may – 4-iyun kunlari institutning 571 nafar bitiruvchi bosqich talabalari “Ikkinchi chet tili” fanlaridan YaDA sinovlarini topshirmoqdalar. Jumladan, talabalarning “Ikkinchi chet tili” fanlari bo‘yicha og‘zaki va yozma nutq, o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.
O‘z navbatida Samarqand davlat chet tillar institutining 73 nafar magistr talabalari ham magistr akademik darajasini olish uchun o‘z dissertatsiyalarini himoydan o‘tkazishmoqda. Shuningdek, YaDA sinovlari hamda magistrlik dissertatsiyasi himoyalarida komissiya raislari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ahamiyatlisi, ish beruvchilar ham ishtirok etishmoqda.
2019-06-04 08:35:00
97
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






