Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-2020 o‘quv yiliga, albatta, tayyorgarlik ko‘rilgan. Birinchi navbatda, oliygohga hujjat topshiradigan (ro‘yxatdan o‘tadigan) abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida institutimizda abituriyentlar qiziqqan yo‘nalishlariga navbatda turmasdan hujjat topshirishlari uchun operatorlar soni ko‘paytirilgan, abituriyentlar hamda ota-onalarini qiziqtiradigan savollarga javob berish uchun alohida maslahat xonalari, shuningdek, call-sentr xonalari tashkil etilib, doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, abituriyentlarning ishlarini osonlashtirish va to‘lovlarni tezda amalga oshirishlari uchun bankning sayyor kassalari keltirilgan.
Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tgan o‘quv yiliga qaraganda 25 % qabul kvotalari hajmi oshgan (2018-2019 o‘quv yilida 845 nafar, 2019-2020 o‘quv yilida 1030 nafar) va undan tashqari bakalavr hamda magistrlik ta’lim bosqichlarida yangi yo‘nalishlar tashkil etildi. Xususan, bakalavr ta’lim bosqichining kunduzgi shaklida “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (kvotalar soni 50 tani tashkil etadi)”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (kvotalar soni 25 tani tashkil etadi)”, kechki ta’lim shaklida esa “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tili(ingliz tili, kvotalar soni 40 tani tashkil etadi)” yo‘nalishlari ochilgan. Magistrlik ta’lim bosqichida ham “Sinxron tarjima (ingliz tili, kvotalar soni 10 tani tashkil etadi)” ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






