O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 apreldagi 301-sonli buyrug‘iga binoan “2018 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalarining respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” buyrug‘iga hamda vazirlikning 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalar respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi NIZOM” ga muvofiq “Nemis tili” umumkasbiy fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi 16-17 may kunlari SamDCHTIda o‘tkazildi. Olimpiadaga respublikadagi 38 ta OTMlardan 38 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Olimpiada natijasiga ko‘ra:

I – o‘rinni Saidmavlonova Gulasalxon Saidakramxon qizi         - JIDU;

II – o‘rinni Raximov Sanjar Ikromovich                                   - UrDU;

III – o‘rinni Shanonova Laylo Jumabaevna                              - SamDCHTI

17 may soat 14:00 da institut Faollar zalida g‘oliblarni taqdirlash va olimpiadaning tantanali yopilishi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada g‘oliblari va qatnashchilari hamda lmiy rahbarlari institut olimpiada tashkiliy qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Institutda olimpiadani o‘tkazishda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dots. Sh.Ashurov, roman-german tillari dekani f.f.n. B.Primov, va dotsentlar M.Begmatov, A.YAxshiev hamda professor-o‘qituvchilardan O.Jumaev, A.Jabborov, G.Azimqulova, O.Eshonqulov, Z.Bektemirov, M.To‘ychiev, R.Masraddinovalar, shuningdek ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Turobov, ilmiy bo‘lim uslubchilari O.Tolliev, Sh.Davronovlar faollik ko‘rsatdilar.

Share:
2018-05-17 17:30:00 90