Hovli-xonadonlarni tozalash, pokiza, ozoda va batartib saqlash, yon-atrofni supurib-sidirish milliy mentalitetimizning ajralmas qismini tashkil etadi. Toʻy-hasham, ezgu tadbirlar oldidan esa bu boradagi ishlar yanada faol tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust umumxalq xayriya hashari kunlari deb eʼlon qilindi.
Shu munosabat bilan bugun Samarqand davlat chet tillar instituti hududlari, koʻchalari, bog’larini tartibga keltirish, obodonlashtirish maqsadida barcha professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar ishtirokida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





