Hammamizning xabarimiz bor, 2019-yilning 26-avgust kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Sharq taronalari XII xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ochilish marosimida o‘z tabrik nutqini so‘zladi.

Hozirda Samarqandga ko‘plab davlatlardan xorijlik mehmonlar tashrif buyurishgan va u mehmonlarning har biriga Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan tashkil topgan jamoa tarjimon sifatida hizmat ko‘rsatishmoqda.

Tarjimonlik sifatida xizmat ko‘rsatish davomida xorijlik mehmonlarni yurtimiz, xususan, Samarqand shahrining tarixi, manadiyati, urf-odatlari, san’ati hamda milliy me’rosimiz hisoblangan tarixiy obidalarimiz va madaniy yodgorliklarimiz bilan batafsil tanishtirishmoqda.

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz deb bilamanki, xorijlik mehmonlarga tarjimon sifatida hizmat qilib, butun shahrimizni, o‘zbek xalqimiz va uning mehmondo‘st xalq ekanligini tanitayotgan Samarqand davlat chet tillar institutining tarjimonlar jamoasiga mehmonlarimiz o‘zlarining cheksiz minnatdorchiligini izhor etishmoda.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-08-27 15:30:00 92