Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish hamda xalqaro loyihalarni kengaytirishga qaratilgan ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirilmoqda. 

Shu kunlarda  ERASMUS+ dasturi CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi ishchi guruhi a’zolari, SamDCHTI rektori I.M.Tuxtasinov rahbarligidagi institut ishchi guruhi a'zolari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari Gretsiyaning Vest Attika universitetida tashkil etilayotgan rasmiy uchrashuvlar va seminar-treninglarda ishtirok etishmoqda.

Loyihaning bosh koordinatori Ispaniyaning Santyago de Kompostella universiteti hisoblanadi va yig‘ilishda konsorsium a’zolari Gretsiyaning Vest Attika universiteti, Ispaniyaning Koruna universiteti, Portugaliyaning Porto universiteti, Polshaning Poznan universiteti, Qozog‘istonning Al-Farobiy Qozoq milliy universiteti, L.N.Gumilov nomidagi Evro Osiyo milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Al-Xorazmiy nomidagi Urgench davlat universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ishchi guruhi a’zolari ham ishtirok etib, seminar-treninglar hamda loyihaning mavjud dolzarb masalalari, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, magistratura dasturiga qo‘yiladigan talablar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, safar davomida hamkor universitetlar bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlash, Hamkorlik shartnomalarini imzolash va yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-09-27 08:40:00 89