Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida joriy yilning 16-oktabr kunida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut yoshlar ittifoqi, ustoz-murabbiylar kengashi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida 18-oktabr – “Samarqand shahri kuni”ga bag‘ishlangan “Samarqand yer yuzining shamchirog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.M.G‘aybullayev ochib berdi hamda “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan shahrimizda o‘tkaziladigan ma’naviy hamda ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Y.Xoliqov “Sharq madaniyatida Samarqand shahrining ahamiyati” mavsusida, ustoz-murabbiylar kengashi raisi Sh.Bozorov “Samarqand – ilm-u urfon o‘chog‘i” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch







