O‘tgan hafta 17-19-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Birlashgan Arab Amirliklarining ta’lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari tomonidan o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarni  Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari U.Sh. Begimqulov ochib berdi.
Mazkur o‘quv seminarda yurtimizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan sohalar kesimida vakillar ishtirok etishdi. O‘quv seminarda BAA ta’lim vazirligi mutasaddilari, Rabdana akademiyasi, Abu-Dabi va Zaida universitetlarining yetakchi professorlari tomonidan maxsus trening mashg‘ulotlari uch yo‘nalishda, ya’ni oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim  muassasalarini akkreditatsiyalash, oliy ta’limda innovatsion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini joriy etish singari guruhlarda o‘tkazildi.

SamDCHTI tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish boshlig‘i A.Shermatov ham mazkur o‘quv seminarda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish” guruhida ishtirok etdi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Share:
2019-10-21 15:40:00 103