Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri Alisher Navoiy “Xitoydan to Xuroson” gacha bo‘lgan turkiy qavmlarni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirgan mutafakkirdir. 1441-yilning 9-fevrali (hijriy 844-yil ramazon oyining17-kuni) da Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda dunyoga keldi.
Joriy yilning 21-oktabr kunida Samarqand shahri Yoshlar markazida qad ko‘targan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda barcha OTMlari, jumlada, Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
Qaro ko‘zum,kel-u, mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Alisher Navoiy
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





