O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019-yil 15-yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi 702-sonli buyrug‘i hamda Samarqand davlat chet tillar institutining 2019-yil 5-avgustdagi 641-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yil talabasi – 2019” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlov komissiyasi tomonidan “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 4-bosqich talabasi Fayzullayev Xurshid Ismatulla o‘g‘li, 2-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 3-bosqich talabasi Sundeyev Viktor Sergeyevich, 3-o‘ringa Miraximova Dilafruz Dilmurod qizi, “Yilning eng tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 2-bosqich talabasi Xudoyorova Farangiz, 2-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Juraboyeva Gulmira Sherali qizi, 3-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Aliqulova Nodira Xolmirzayevna, “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Ibragimova Sitora Ilhomovna, 2-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Amirova Gulnoza Xolmuminovna 3-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 2-bosqich talabasi Uralova Charos G‘anisher qizi, “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”(xotin qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 2-bosqich talabasi Ruzimurodova Zarina Dustmurod qizi, 2-o‘ringa Ingliz tili-I fakulteti talabasi Bobonazarova Anora Kaxramonovna, 3-o‘ringa Ingliz tili-I fakulteti talabasi Sobirova Nigina Jamshid qizi loyiq deb topildi va tanlovning 1-o‘rin sovrindorlari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy talim muassasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanishi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari, 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch







