Prezidentimizning 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, O‘zbekistonda oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Shuningdek, ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar oliy ta’limni modernizatsiya qilish bilan birga, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kefedrasi mudiri M.Ismatova talabalarga oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni, mohiyati hamda maqsadi haqida batafsil tushuntirib o‘tmoqda.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch




