Qozogʻiston Respublikasining Olmota shahrida Ingliz tili oʻqituvchilarining 50-anʼanaviy anjumani boʻlib oʻtdmoqda. Qozogʻiston Respublikasining Olmota shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarida faoliyat koʻrsatayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining ingliz tili oʻqituvchilari va mintaqadagi mahalliy mutaxassislar ishtirokida anʼanaviy anjuman tashkil etildi. 

O‘z ishini boshlagan anjuman Olmotadagi American Space va oʻqituvchilarning malakasini oshirish institutida tashkil etildi. Mazkur dastur doirasida ingliz tili mutaxassislari oʻzaro tajriba almashish barobarida, ingliz tilini oʻqitishning samarali usullari, uni mintaqaning eng chekka hududlariga targʻib qilishdagi yutuq va kamchiliklar, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida qator taqdimotlar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etildi. 

Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetida faoliyat koʻrsatayotgan amerikalik mutaxassis Vivianna Marcel va fakultetning oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Sirojiddin Isayevlar ham "Basic 5 Sentences English Paragraph" mavzusuida oʻzlarining seminarini tashkil etishdi. 

Bunda ingliz tilida yoziladigan barcha turdagi yozma ishlar uchun asos boʻladigan paragraf strukturasi haqida batafsil maʼlumotlar berildi, seminarlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

 

Share:
2019-11-19 16:00:00 98