Joriy yilning 3-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutining navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengash yig‘ilishida Samarqand davlat chet tillar instituti prorektor, dekan, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari,  barcha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchi olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Bunda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kuz-qish mavsumlariga tayyorlanish, yaqinlashib kelayotgan bayramlarni ko‘tarinki kayfiyatda va hozirdan a’lo darajada tayyorlanib borish, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini yuqori kayfiyatda nishonlash, talabalarning dars jarayonlariga ishtirok etishi hamda fanlarni o‘zlashtirishlari doimiy ravishda nazoratda bo‘lishi kabi masalalar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Jumladan, kengash yig‘ilishida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan doktorantlar ilmiy ish yoqlaganligi, ilmiy darajaga erishganligi va o‘zlarining kitoblari chop etilganligi uchun institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-03 15:45:00 104