Shu kunlarda Xitoyning Shanxay xorijiy tillar universitetida “Umumjahon farovonligi yo‘lida gumanistik ta’lim” mavzusidagi Dunyo Universitetlari Rektorlari Forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Rektorlar Forumida SamDCHTI rektori I.M.Tuxtasinov va ishlar boshqarmasi boshlig‘i U.B.Ishmatovlar ham ishtirok etishmoqda.
Forumda rektor I.M.Tuxtasinov “Fanlararo tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi.
Tashrif davomida, shuningdek, Xitoyning Changsha shahrida bo‘lib o‘tadigan Konfutsiy Institutlarining yillik Global Konferensiyasida ishtirok etish rejalashtirildi. Safarning asosiy maqsadlaridan biri hamkor ta’lim tashkilotlar bilan yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borishdir.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
















