Joriy yilning 17-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi birinchi noibi Sulaymon al-Frix tashrif buyurdi. Tashrif doirasida uchrashuv tashkil etildi va unda institut rektori I.Tuxtasinov, Misr Arab Respublikasidan kelib, SamDCHTIda ko‘p yillardan buyon arab tili mutaxassisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Hashem Esmael Hammam Aly hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirok etishdi.

Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida, shuningdek, institutning akademik litseyida ham arab tili yo‘nalishi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur ta’lim yo‘nalishlarida talabalar arab tilining sir-sinoatlarini o‘rganishmoqda. Xususan, bundan 10 yil oldin institutda tashkil etilgan arab tili yo‘nalishida hozirgi paytda 101 nafar bakalavr va 12 nafar magistrantlar tahsil olish bilan birga xalqaro hamda respublikmiz miqiyosida tashkil etilayotgan siyosiy va ommaviy tadbirlarda tarjimon volontyor sifatida ishtirok etib, o‘z tajribalarini orttirib kelishmoqda. Endilikda arab tilidan ta’lim berib kelayotgan Hashem Esmael Hammam Aly yordamida akademik litseydagi arab tili yo‘nalishi talabalari uchun ham darslik va o‘quv adabiyotlarini yaratib, arab tilining o‘qitilishini yanada kengroq joriy qilamiz dedi, – uchrashuv  davomida Samarqand davlat chet tillari instituti rektori I.Tuxtasinov.

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi birinchi noibi Sulaymon al-Frix O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab OTMlarida arab tilining keng miqiyosida o‘qitilayotganidan bag‘oyat mamnun ekanligi, Arabistonning ham ko‘plab oliygohlarida O‘rta Osiyo, jumladan, o‘zbekistonlik talabalar ham arab tilidan tahsil olib, ikki tilning qiyosiy hamda tarixiy jihatlarini o‘rganishayotganligini  ma’lum qildi. 

Shuningdek, uchrashuv yakunida mintaqadagi ilmiy tadqiqot institutlari, shu qatorda Samarqand davlat chet tillar instituti bilan kelgusida mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga,  Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Islom universiteti, Makka shahridagi Umm Al-Qura universitetlari bilan kelgusida hamkorlik aloqlalarini o‘rnatishga, ilm-fan sohasida hamkorlikda ilmiy-amaliy konferansiyalar tashkil etishga, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ularning tajribasini oshirishga kelishib olindi.

“18-dekabr – Arab tili kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir va unda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, arab milliy raqs hamda she’rlari ham hamkorlik munosabatlari doirasidan o‘rin oldi.
 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-17 17:05:00 83