2019-yilning 19-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Ingliz tili-II fakulteti hamda Yoshlar ittifoqi fakultet kengashi hamkorligida “Yangi yil ertagi” deb nomlangan kecha tashkil etildi. Institut rektori I.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan kechani ochib berdi va yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan barchani chin dildan, samimiyat ila tabrikladi.
Unda butun institut jamoasi, rahbariyat vakillari, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari, xodimlar va talabalar ishtirok etishdi. Kecha davomida institut talabalari o‘zlarining qiziqarli chiqishlari, sahna ko‘rinishlarini, Yangi yil qo‘shiqlarini, tabassumga ega QVZ shoularini mohirona tarzda ommaga namoyish etishdi. Jumladan, sahna vakillari Samarqand davlat chet tillar institutining Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish uchun tayyor ekanligini ifodalab berishdi.
Kecha davomida sahnada o‘z faolligini, qobiliyatini mohirona ko‘rsata olgan hamda kechani tashkil etishda yaqindan tashabbus ko‘rsatgan ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch















