Joriy yilning 6-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama etildi:

  • Korrupsiyasiz ta’limni yanada rivojlantirish lozimligi;
  • Yaqinlashib kalayotgan bayram kunini, ya’ni “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni tantanali tarzda tashkil etish;
  • Institut reytingini yuqori darajaga ko‘tarish;
  • Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishi hamda maqolalarini xorijning nufuzli jurnallarida chop ettirish;
  • Zamonaviy AKT kompyuter vositalarining institutga 50ga yaqin olib kelinganligi, kompyuter sinfxonalarini ko‘paytirish lozimigi, shuningdek, talabalarning ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;
  • Shartnoma asosida tahsil oluvchi talabalar shartnoma to‘lovini o‘z vaqtida to‘laganligi hamda imkoniyati yetarli bo‘lmagan talabalarga 10-yanvarga qadar muddat belgilanishi;

Eslatma: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shartnoma to‘lovi muddatini 2019-yilning 31-dekabr kuni etib belgilagan edi.

  • Shartnoma to‘lovining 2-yarim yilligining to‘lov muddati joriy yilning 1-mart kuni etib belgilanishi;
  • Super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning ham 2-yarim yillik uchun shartnoma to‘lovi joriy yilning 1-mart kuni etib belgilanishi (talaba xohlasa oyma-oy bo‘lib to‘lashi, xohlasa 1-martga qadar birdan to‘lash imkoniyatlari mavjudligi ham bildirib o‘tildi);
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, nomdor stipendiyalar sohiblarini tayyorlab chiqaradigan kurslar tashkil etish.

E'lon: Joriy yilning 7-10 yanvar kunlari nomdor stipendiya sohib va sohibalari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-01-06 19:35:00 76