Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Shu maqsadda Samarqanda davlat chet tillar institutida qo’shma ta’lim dasturlari asosida o’qishni tashkil qilish, chet ellik mutaxasislarni jalb qilish, ta’lim sifatini, talaba yoshlarning bilim salohiyatini oshirish borasida ko’plab amaliy ishlar bajarilmoqda.
Joriy o’quv yilida institutda AQShning Vebster Universiteti Ingliz tilini ikkinchi chet tili magistratura mutaxassisligi o’z faoliyatini boshladi.
Vebster Universitetining o’quv mashg’ulotlari hozirda AQShlik hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
O’quv mashg’ulotlari yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilmoqda.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch












