YUNESKOning a’zo davlatlariga 2020-2021 yillar uchun YUNESKO qatnashuv dasturi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha takliflar qabul qilish jarayoni boshlandi. Qatnashuv dasturi bo‘yicha loyiha YUNESKO yo‘nalishlariga hamohang, budjeti 26000 AQSH dollari miqdoridan oshmasligi va quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olishi lozim:

  • ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish;
  • nashrlarni chop etish;
  • o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish.

YUNESKO tashkilotining 2020-2021 yillar uchun tasdiqlangan dasturlariga muvofiq bo‘lgan va innovatsion g‘oyali loyihalarni ilovada keltirilgan shakllarga muvofiq ingliz tilida tayyorlanishi va 2020-yilning 29-fevral kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibiyatiga taqdim etilishini so‘raladi.

SamDCHTI xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling.

Ilova bilan tanishish:

Share:
2020-02-12 11:00:00 98