Joriy yilning 21-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetining fransuz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar tashabbusida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda institut professor-o‘qituvchilari, talabalarning ota-onalari hamda talabalar jamoasi ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori I.M.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalarga tashriflari uchun, fakultet rahbariyatiga hamda tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Jarayon doirasida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan “Giyohvandlikka qarshi kurashish”ning oldini olish, hozirgi kunda mazkur illat ko‘plab yoshlarning umriga zavol bo‘lishini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, jumladan, jamiyat kelajagi hisoblangan yoshlarning oqibati salbiy holatlarga olib boruvchi bu yo‘lning domiga tushub qolishining oldini oluvchi qisqa metrajli filmlar ham namoyish etildi.
Tadbirni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan o‘qituvchilar hamda o‘z qobiliyatlarini sahnada mohirona ifodalay olgan ishtirokchi talabalar maxsus diplomlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch














