Joriy yilning 28-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar – bizning kelajagimiz” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zR Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi vakillari, institut rahbariyati hamda talaba-yoshlar jamoasi ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotni kirish so‘zi bilan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev ochib berdi va hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga kuchli e’tibor qaratilayotganligi hamda buning uchun munosib bo‘lish va yaratilgan imkoniyatlardan samarali natijalar ko‘rsatish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zR Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar Kengashi raisi A.Haydarovning partiyaning saylovoldi dasturidagi yoshlarga oid tashabbuslar va ularning amalga oshirilish mexanizmlari, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Po‘latovnaning respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi nutqlari ham muloqot dasturidan o‘rin oldi.  Shuningdek, talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda tadbirkorlik loyihalari yuzasidan aytilgan takliflariga mutasaddilar tomonidan bildirilgan munosabatlar va ko‘rsatmalarga ega bo‘lishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

 

Share:
2020-02-28 12:05:00 104