Bahor – bayramlar bilan boshlanadi. Ko‘klamning ikkinchi haftasida 8-martni nishonlaymiz. Xo‘sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug‘lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yoki... Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz.

Bu kun o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin.  Ya’ni, 1857-yil 8-mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar. Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar.

2020-yilning 7-mart kunida Samarqand davlat chet tillar institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tanatanali katta tadbir tashkil etildi. Unda butun institut jamoasi ishtirok etdi. Ingliz tili-II fakulteti tashabbusida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan turli xil sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar, milliy raqslar mohirona tarzda ishtirokchilarga namoyish etildi. Institutda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar gullar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-07 15:45:00 109