O’quv ishlari bo’yicha prorektorning lavozim vazifalari:
- Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv – tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
