Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yilning 3-mart kuni XXVI spartakiadasining “Basketbol” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi.
Bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada (qizlar o’rtasida) faxrli birinchi o‘rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari, ikkinchi faxrli o‘rinni Ingliz tili-I fakulteti talabalari, uchinchi faxrli o‘rinni Roman-german tillari hamda Ingliz tili-II fakultetlari talabalari egallashdi.
O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada birinchi o'rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, ikkinchi o'rinni Ingliz tili-I fakulteti, uchinchi o'rinni Ingliz tili-II fakulteti talabalari egallashdilar.
Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngil ochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir. Agar siz ushbu musobaqalarda ishtirok etmagan bo‘lsangiz, keyingilarida, albatta, ishtirok etishingizni tavsiya etamiz.
Navbatdagi musobaqa sportning “Qo'l to'pi” turi bo’yicha 2021-yilning 10-mart kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-04 20:15:00 104