Samarqand pedagogika va servis kollejida viloyat hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazilmoqda.
Yarmarkada viloyatimizdagi 200 dan ortiq tadbirkor o‘zlari ishlab chiqargan mingdan ortiq mahsulot turlari bilan ishtirok etmoqda.
27-29 fevral kunlari o‘tkaziladigan yarmarka doirasida v2v formatida muzokaralar o‘tkazish, yirik shartnomalar imzolanishi, hamkorlik kelishuvlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jarayon doirasida Samarqand davlat chet tillar institutining iqtidorli talabalari ham faol ravishda ishtirok etishdi va viloyat hokimi E.Turdimovni o‘zlarining “Start Up” loyihasining samarali jihatlari bilan tanishtirib o‘tishdi. Viloyat hokimi talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishgan holda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






