Barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqarildi. Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan professor-o‘qituvchilar ham ayni damda talabalar bilan masofaviy ta’lim jarayonlarini davom etkazishmoqdalar. Bu borada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining https://t.me/eduuz_online nomli portali ham ishga tushirilgan.

Shunisi ham ahamiyatliki, Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik mutaxassislar va xorijlik talabalar ham hozirda karantin holatida muddatdan oldin e’lon qilingan ta’tilni o‘tkazishmoqdalar. Institut rektori, prorektorlari hamda fakultet dekanlaridan iborat vakillar xalqimizga xos bo‘lgan sahovat ishlarini amalga oshirishmoqda. Jumladan, xorijlik mutaxassislar hamda talabalarni o‘n kunlik oziq-ovqat maxsulotlari bilan taminlab chiqishmoqda. Ularga yetarli darajada barcha imkoniyatlar yaratildi. Xususan, Wi-Fi zonasi tashkil etildi, har bir xonaga televizorlar o‘rnatildi, ARM va AKT xonalarining faoliyati ta’minlandi. Mazkur saxovat va hayriya ishlari keyingi o‘n kunliklarda ham muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi.

Yurtimiz bo‘ylab hozirda COVID-19 virusiga qarshi kurashayotgan saxovatpecha xalqimiz og‘ir sinovlarni boshdan o‘tkazishmoqda. Vatandoshlar, biz, albatta, bu sinovlarni yengib chiqamiz. Oldin ham mehnatkash xalqimiz ko‘plab og‘ir sinovlarni yengib o‘tgan. Birdam bo‘laylik, birgalikda harakat qilaylik.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-28 14:04:41 103