Samarqand davlar chet tillar instituti

AQSHning Xalqaro tan olingan magistrlik darajasi diplomini SAMARQANDda egallash imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Vebster universitetining ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitishga ixtisoslashgan (Webster University MA TESL Program) magistratura mutaxassisligi O'zbekistonda istiqomat qiluvchi ingliz tilida so’zlashuvchi millat vakili bo’lmagan va ingliz tilini bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni hohlovchilar uchun mo'ljallangan. Dastur nomzodlarga madaniyat, til tuzilishi, birinchi va ikkinchi tilni o'zlashtirish nazariyasi, o'quv rejasi va materiallarni ishlab chiqish, o'qitish metodikasi, baholash va tadqiqotlar kabi muhim jihatlar bo'yicha mustahkam nazariy bilimlarni rivojlantirishga imkon beradi va ularni mahoratli xorijiy til o'qituvchisi sifatida tayyorlaydi.

Qabul talablari

Vebster universitetining Samarqand shahridagi filiali 2020-2021 o'quv yili uchun MA TESL dasturiga arizalarni qabul qilishni boshladi. Vebster universitetiga barcha arizalar onlayn tarzda quyidagi link orqali topshiriladi: www.webster.edu/apply 

Magistratura mutaxassisligiga qanday hujjatlar talab etiladi?

1. Bakalavr diplomi va ilovasidagi baholarning o’rtachasi 2,5 dan kam bo'lmagan transkripti

2. Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatlar

3. Pasport nusxasi

4. CV

5. Quyidagi ma'lumotlarga asoslanib, magistratura mutaxassisligida o’qishdan maqsad: o'qituvchilik falsafangizni ingliz tilini ikkinchi til sifatida/ingliz tilini chet tili o'qituvchisi sifatida faoliyatni samarali tashkil etish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni tavsiflash.

Har bir xalqaro test uchun ingliz tilini bilish darajasi talablari:

IELTS - 6.0 min.

Michigan - 66-80 score

Duolingo - 120

Language Cert B2-C1

TOEFL iBT - 80 min 

Muhim eslatma: barcha hujjatlar ingliz tilida bo'lishi lozim. Agar hujjatlar ingliz tilida bo'lmasa, ularni Ingliz tiliga tarjima qilib, notarial tasdiqlangan holda ilova qilish lozim.

Hujjatlarni online topshirish uchun: https://webster.elluciancrmrecruit.com/Apply/Account/Login/welcome.aspx

Onlayn ariza qanday topshirilishi va rasmiylashtirish uchun rasmiy YouTube kanalimizda videoni tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=F-DrML2D0BQ&feature=youtu.be

Veb-saytda bizdan eng ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishmoqchi bo’lsangiz quyidagi elektron manzil orqali kirishingiz mumkin. http://www.webster.edu/uzbekistan/faq.html

Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun qabul bo’limimiz bilan boglanishingiz mumkin.

Qabul komissiyasi bog’lanish:

+998933580220; +998979198701

intdep@samdchti.uz; intdep@inbox.ru

 

Samarqand davlat chet tillar instituti.

Bustonsaroy ko’chasi 93-uy,

Samarqand shahar, 140104.

Share:
2020-05-15 10:40:00 100