2020-yil 27-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Oliy taʼlim Kengashi hamda Rossiya rektorlar Kengashi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tashabbusi bilan “Oʼzbekiston-Rossiya yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarning mintaqalararo onlayn konferentsiyasi” oʼtkazildi.
Konferentsiya 2020-yilda Moskva shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilgan Oʼzbekiston va Rossiya Prezidentlari sammiti dasturiga kiritilgan Oʼzbekiston-Rossiya ikkinchi taʼlim forumiga tayyorgarlikning muhim bosqichi boʼlib xizmat qiladi.
Mintaqalararo onlayn anjumanda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati organlari vakillari hamda 120 dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasasi rektorlari ishtirok etdi.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Аbdujabbor Аbduvaxitov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Аdministratsiyasi boshqarma boshligʼi Vladimir Chernov, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov, Rossiya Federatsiyasi fan va oliy taʼlim vaziri Valeriy Falkov kirish soʼzlari bilan anjumanni boshladilar.
Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatorida Samarqand viloyati OTMlari rektorlari ham mazkur konferensiyada ishtirok etmoqda.
Unda ta’lim sohasini rivojlantirish va ushbu sohani tizimli ravishda yuksak pog’onalarga olib chiqish masalalari muhokama etilmoqda. Jumladan, tahliliy munosabatlar, ilmiy va hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga asoslangan takliflar muhokama qilindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







