O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4749-sonli Qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari rektorlariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.
Respublikamizda pandemiya munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori amaldagi tartib bo‘yicha o‘zgarishsiz qoldi.
Samarqand davlat chet tillar instituti o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan.
Izoh: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov kontrakt qiymati miqdorlari ham navbatdagi o‘quv semestri boshidan mos ravishda oshiriladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain

