Samarqand davlat chet tillar instituti

 
2020/2021 oʻquv yilida magistraturaga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun maqsadli qabulga tanlovda ishtirok etish maqsadida 
 
HUJJATLARNI QAYTA TAHRIRLASH TARTIBI
 
Jarayon qanday tarzda amalga oshiriladi?
 
1. Maqsadli qabul boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash faqatgina magistraturaga oʻqishga kirish uchun www.magistr.edu.uz veb-platformasi orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun amalga oshiriladi. 
 
2. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentga oʻzi tanlagan oliy taʼlim muassasasi va mutaxassislikni oʻzgartirgan holda, maqsadli qabul belgilangan mutaxassislik boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash huquqi beriladi.
 
Bunda:
Abituriyent quyidagi shartlarni inobatga olgan holda maqsadli qabul koʻrsatkichlari ajratilgan oliy taʼlim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qiladi:
 
Abituriyent tegishli mutaxassislik negizidagi mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tugatgan boʻlishi shart;
 
Abituriyent kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalar safiga qabul qilingach, oʻqishni tamomlagandan soʻng mazkur oliy taʼlim muassasasida kamida 5 yil ishlash sharti belgilangan uch tomonlama shartnomani imzolashga rozi boʻlishi kerak.
 
3. Shundan soʻng, maqsadli qabul koʻrsatkichlari ajratilgan oliy taʼlim muassasalari abituriyentlarning arizalarini umumlashtirgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga murojaat qiladi.
 
4. Abituriyentlar arizalari va oliy taʼlim muassasalari murojaatlari asosida vazirlik texnik ishchi guruhi tomonidan magistr.edu.uz platformasidagi abituriyentlarning hujjatlari tahrirlanadi.
 
Abituriyentlarga maqsadli qabul uchun hujjatlarini qayta tahrirlashga 2020-yilning 21-avgustiga qadar (21-avgust kuni ham) ruxsat berilgan.
 
Share:
2020-08-20 17:10:00 104