2020/2021 o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn test sinovlari boshlandi. Samarqand viloyatidagi kirish imtihonlari Samarqand davlat chet tillar institutida, jami 250 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta zalda bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihon jarayoni bugungi vaziyatdan kelib chiqib, sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda tashkil qilindi. Har bir magistr bo‘lish istagidagi abituriyentlar test jarayonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda, tana harorati o‘lchanib, dezinfeksion tunnel orqali kiritilmoqda.
Magisrtratura abituriyentlari test imtihonlariga fuqarolik pasporti hamda kirish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsatnoma bilan, ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan holda kiritilmoqda.
Imtihon topshiruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, imtihon jarayonlari adolatli va shaffof bo‘lishi uchun barcha choralar ko‘rildi. Shu o‘rinda aytish kerakki, Samarqand viloyati miqiyosida bo’lib o‘tayotgan test jarayonini Samarqand davlat chet tillar institutining www.samdchti.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishiga mos mutaxassislik fanlaridan hamda chet tilidan tuzilgan test savollariga kompyuter orqali onlayn javob berishadi va shu yerning o‘zida qancha ball to’plaganini bilib olishadi.
Eslatib o‘tamiz: Magistraturaga kirish imtihonlari yurtimiz bo‘ylab joriy yilning 8/20 sentabr kunlari davom etadi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




