Samarqand davlat chet tillar institutida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari bilan yaqindan hamkorlik o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, o’quv-pedagogik faoliyatga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchi va olimlarni jalb qilish, ular ishtirokida seminar va mashg’ulotlar o’tkazish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda institutda xorijiy tillar bo’yicha o’ndan ziyod mutaxassislar ta’lim jarayonigan jalb qilingan. Institutda ikki yildan ortiq faoliyat yuritgan va joriy o’quv yili oxirida o’z faoliyatini yakunlagan KOICA ko’ngilli o’qituvchisi Youl Kang bilan xayrlashuv uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Youl Kang qadimiy, qiziqarli tarix va ma’naviy merosga boy Samarqand shahrida faoliyat yuritganidan nihoyatda mamnunligini ta’kidladi. Xorijlik mutaxassis ta’lim sifatini oshirish, xorijiy tillarni o’rgatishning innovatsion metodlari, ta’limda yuqori natijalarni qo’lga kiritish va o’zaro tajriba almashish borasida o’z tajribasi bilan o’rtoqlashdi. Institut rektori xorijlik mutaxassisning institutda xorijiy tillarni o’rgatishni takomillashtirishda qo’shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi va uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain



