Turli sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida ham xorijiy tajribani yurtimizda joriy etish borasida ko’plab istiqbolli rejalar amalga oshirilib kelinmoqda. Hozirgi kunda Samarqand davlat chet tillar institutida shu kabi samarali ishlar tizimli ravishda yo’lga qo’yildi. Xususan, 70 dan ortiq xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi. 30 dan ortiq xorijiy tajribali mutaxassislar o’quv jarayoniga jalb etildi.
Bugun, 7-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov qozog’istonlik turk tili mutaxassisi Juma Ali Ibragimov bilan uchrashuv o’tkazdi. Juma Ali Ibragimov endilikda ushbu institutda turk tili mutaxassisi sifatida faoliyat olib boradi. O'qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish borasida talabalarning turk tili fani bo’yicha tarjiba hamda ko’nikmalarini oshirish, fan yuzasidan turli xil adabiyotlar, dasrliklar hamda o’quv qo’llanmalarini hamkorlikda yaratish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabilar yuzasidan uchrashuv davomida rejalar belgilab olindi.
Ayni damda ta’lim jarayonlarining onlayn davom etayotganligi bois Juma Ali Ibragimov o’quv jarayoniga kerak bo’ladigan barcha kompyuter jamlanmasi, internet tizimi, shuningdek, Wi-Fi qurilmalari bilan ta’minlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





