“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri  Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili I fakultetida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.G’aybullayev, fakultet dekani A.Ismoilov, dekan o’rinbosari M.Ergashev hamda talabalar ishtirok etishdi.

O.G’aybullayev so‘zga chiqib, ushbu tadbirning maqsadi talabalarimizga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, imkoniyatlarni targ‘ib qilibgina qolmay, hozirgi og‘ir davrda ularning kayfiyatlarini biroz bo‘lsa-da ko‘tarish ekanligini aytib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbiri davomida Ingliz tili I fakulteti talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dasturlar namoyish qilindi.

Tadbir so’ngida jarayon doirasida o’z faolligini ko’rsatgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-11-19 11:45:00 106