Bugun mamlakatimizda fuqarolarning hayotini faravonlashtirish, olib borilayotgan xalqchil islohotlar orqali o'z amaliy ifodasini topmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni aholi orasida targ'ib etish, aholini yurtimizda va dunyoda bo'layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish maqsadida yurtimiz bo'ylab "Yangi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash" shiori ostida madaniy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday ezgu maqsadda Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida ham "Yangi O'zbekiston — yangicha dunyoqarash" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ'ib qilish kabilarni o’zida aks ettirgan sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga havola etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





