O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq viloyat xalq ta’limi tizimida sifat va samaradorlikni, ta’lim-tarbiyaning mazmun-mohiyatini boyitish yo‘lida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zaro hamkorlikda oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan bo‘lib, Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari ilg‘or o‘qitish metodikasi, uslublari, xorijiy tajribalarni maktablardagi ta’lim jarayoniga mos ravishda tadbiq etgan holda metodik yordam bermoqda.
Shu munosbat bilan 2, 8, 9, 30-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilarga institut professor-o‘qituvchilari ochiq darslar o‘tishmoqda.
Chet tilini yanada yaxshi o‘zlashtirishda maktab o‘qituvchilari uchun institut ustozlari o‘zlarining bilim va tajribalaridan ulashishmoqda va texnologik vositalarni qo‘llashda kreativ yondoshish usullari orqali darslarni tashkil etishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







