Joriy yilning 12-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida institut rahbariyati vakillari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida Hukumat hamda Prezident farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlash, ilmiy salohiyatni oshirish choralarini ko’rish, o’quv jarayonlarining sifatini yanada yaxshilash, o’quv jarayoniga xorijlik mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, qish mavsumini betalofat o’tkazish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Jarayon davomida sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish borasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jumladan, talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarni va professor-o’qituvchilarni ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari hamda sport tadbirlariga jalb etish, ichki va tashqi turizm sohasining rivojlanishida munosib hissa qo’shish, shuningdek, yangi yil munosabati bilan institut jamoasi uchun oziq-ovqat va go’sht maxsulotlari yarmarkasini tashkil etish kabilarga kelishib olindi.

Eslatma:

— Yangi yil bayrami arafalarida talabalar hamda professor-o’qituvchilarning jamoaviy tadbirlarni (banket) o’tkazishlariga yo’l qo’yilmaydi va buning uchun fakultet dekanlari mas’uldirlar.

— Karantin qoidalari to’xtatilgani yo’q, hali davom etmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti


SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-12-12 18:30:00 105