Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida xalqaro hamkorlik aloqalarining yangi jabhalari o'z aksini topayotganligi to’g’risida sal oldinroq xabar bergan edik.
Ushbu fakultetda Germaniyaning DAAD tashkiloti lektori Anton Umbach o'z faoliyatini boshladi. U endilikda fakultet talabalariga nemis tili va adabiyotidan saboq beradi.
Joriy yilning 17-dekabr kunida Anton Umbach yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.G’aybullayev bilan birgalikda talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar hamda ularning hayoti, shuningdek, TTJda besh muhim tashabbus doirasida yaratilgan imkoniyatlar, musiqa va san’at xonalari, kutubxona hamda kompyuter xonalari bilan tanishib chiqdi.
Eslatma: Anton Umbach talabalarga dars mashg'ulotlarini o'tibgina qolmay, balki fakultetda qiziquvchilar uchun nemis tili va madaniyatini o'rgatuvchi to'garakni tashkil etishni ham o'z oldiga maqsad qilib oldi.
Ushbu to'garakda barcha xohlovchilar, jumladan, talabalar va o'qituvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, lektor turli xil davlat va nodavlat grantlari hamda stipendiyalar haqida ham kerakli ma'lumotlarni berib kelmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




