Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakulteti professor-o’qituvchilari, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri A.Saidov hamda  oʻqituvchilar B.Normoʻminov, B.Aliyev, Q.Esonboyevlar Past Dargʻom tumani XTBga qarashli 122-maktab jamoasi bilan metodik hamkorlik yuzasidan uchrashuv o’tkazishdi.

Uchrashuv davomida B.Normoʻminov maktab o’qituvchilariga “Jamoani shakllantirish” mavzusida seminar-trening o’tkazdi. Seminar-treningni oʻtkazish davomida maktab jamoasida jamoaviy hamjihatlikni shakllantirish, pedagoglar oʻquvchilar bilan hamda ta’lim muassasasi rahbarlari xodimlar bilan ishlash jarayonida oʻzlarining psixologik xususiyatlarini bilishga va potensial imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o’tdi.

Shuningdek, jarayon doirasida bir qator shaxs sifatlarini psixologik mashq va testlar orqali aniqlashda maktab o’qituvchilariga metodik koʻrsatmalarni tavsiya etdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-12-18 10:35:00 101