Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tavallud topgan. U 1960-yilda O‘rta Osiyo politexnika instituti, 1967-yilda esa Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan va injener-muhandis hamda iqtisodchi mutaxassisliklarini olgan.

Marhum prezidentning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi va ushbu qaror asosida har yili Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar kuni keng nishonlanadi. 

Bugun, 30-yanvar kuni Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muassasasalari rektorlari, prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, shuningdek, turli davlat tashkilotlari, muassasalar, harbiy qismlar ishtirokida Samarqand shahrida qad ko‘targan birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov haykali poyiga gul qo‘yish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi va unda omma o‘zining birinchi yurtboshini xotirladi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-30 10:10:00 103