Joriy yilning 29-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Akademik litseyida tahsil olayotgan 2-bosqich bitiruvchi o'quvchilar hamda SamDCHTI o'quv ishlari bo'yicha prorektori, Akademik litsey direktori Fazliddin Ro’ziqulov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jarayon davomida institut prorektori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020-yilda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli Qarori ijrosi va akademik litsey o'quvchilariga qo'yilgan talablar to'g'risida alohida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, o'quvchilarning ta'lim olish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan takliflarini bildirib o’tdi.

Qizg’in savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tgan ushbu uchrashuvda o'quvchilar o’zlarining ta'lim jarayoniga oid takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, o'quvchilarning yuqori sifatli ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilishi aytib o’tildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-30 17:05:00 108