2021-yilning 9-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Navoiy – g’azal mulkining sultoni” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet ma’muriyati vakillari, tashrif buyurgan mehmonlar, o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Jarayonni kirish so’zi bilan fakultet dekani B.Primov ochib berdi hamda tadbir munosabati barcha ishtirokchilarni mamnuniyat bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbirda professorlar Mirzayev Ibodullo Kamolovich hamda Yo’ldoshev Musa Muhammadiyevichlar faxriy mehmon sifatida ishtirok etishdi va talaba-yoshlarga hazrat Navoiyning hayot yo’li, asarlarining o’rganilish  darajasi to’g’risida so’zlab o’tishdi.

Tadbir davomida badiiy sahna chiqishlari, Navoiy g‘azallari talabalar tomonidan ijro etildi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil qilishda yaqindan yordam berganlar, jumladan, sahnada faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-02-10 10:25:00 110