28-fevral kuni Humo Arena muz saroyida “Zakovat” teleo‘yinining Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun intellektual kastingi o‘tkazildi.

Tadbirda “Zakovat”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 7 mingga yaqin bilimdonlar va loyiha homiysi Milliy mass-mediani rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

SamDCHTI Roman-German tillari fakulteti 2-bosqich talabasi Jalol Isroilov bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual saralash o'yinida ishtirok etib, 7 mingdan ziyod ishtirokchilar orasidan 85 foiz to'g'ri javoblari bilan klub a'zoligiga taklif qilindi.

"Zakovat" intellektual o'yiniga umumiy hisobda 1,7 milliard so'm miqdordagi sovrin qo'yilgan.

Eslatib o'tamiz, Humo Arena muz saroyida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinining eng qiziqarli jarayonlarini ko'rmoqchi bo'lsangiz, joriy yilning 5-mart kuni "Milliy TV" telekanalida soat 20:30 da tomosha qilishingiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-04 21:05:00 105