Bugun, 25-mart. Samarqand davlat chet tillar institutiga Samarqand viloyati IIB diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi F. Mamatqulov, Samarqand shahar IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi S.Shamsiddinov hamda Hadis ilmi maktabi islom ilmlari kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Jo‘raboyevlar tashrif buyurishdi.
Jarayon davomida tashrif buyurgan mehmonlar hamda institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar orasida ekstremizmga berilishning oldini olish hamda ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida mehmonlar tomonidan batafsil tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida” maxsus qonun qabul qilinganligi, ushbu qonunda mazkur illatlarning siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan salbiy illatlar ekanligi to‘g‘risida mutasaddi vakillar tomonidan jarayon doirasida so‘zlab o‘tildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







