Samarqand davlat chet tillar instituti

21 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida sportning “Chim ustida xokkey” turi bo’yicha respublika chempionatida Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakulteti talabalari F.Saydullayeva hamda A.Tolmosovalar ishtirok etishdilar.

Shuningdek, institut talabalari ishtirok etgan jamoa, ya’ni Samarqand viloyatining terma jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga  kiritib, respublikamiz chempioni bo’lishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-04-01 18:30:00 113