21 sentabr kuni Belorus Respublikasi hukumatining O’zbekistonga tashrifi doirasida Belorus Respublikasining Polosk davlat universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar institut o’rtasida ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlik olib borish bo’yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Toshkent shahrida Polosk davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich va SamDChTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sh.Ashurov hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O. Yusupovlar o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki oily ta’lim tashkiloti o’rtasida ilm-fan va ta’lim sohalarida, jumladan, talaba va o’qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda qo’shma konferensiyalar tashkil etish, o’zaro ta’lim xizmatlarini ko’rsatish va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik olib borishga kelishildi.

Share:
2018-09-24 10:35:00 91