O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining taqvim rejasiga asosan Buxoroning “Sitora” sport majmuasida chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining III-IV tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Respublikamizning  Buxoro, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Namangan  kabi viloyatlaridan bir qator sportchilar birinchilik uchun  o‘zaro baxs olib borishdi.

Bunda jami 125 nafar xokkeychi qizlarning ishtiroki ta’minlandi. Qizg’in va murosasiz kechgan uchrashuvlarda 1-o‘rinni Buxoro jamoasi 2-o‘rinni Samarqand jamoasi (SamDCHTIning 2 nafar talabasi ham jamoada o’ynaydi), 3-o‘rinni Farg‘ona jamoasi qizlari qo’lga kiritishdi.

G’alaba bilan qizlarimizni tabriklaymiz!

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-04-24 15:25:00 99