Samarqand davlat chet tillar institutining maktablar bilan ishlash bo'yicha mas'ul vakili Q.Hakimov, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig'i B.Turopov hamda biriktirilgan ishchi guruh vakillari Qo'shrabot tuman Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 60-umumiy o'rta ta'lim maktabiga borishdi va o’qituvchilar bilan uchrashuv o’tkazishdi.
Uchrashuv davomida institut vakillari maktab o’qituvchilari bilan pedagogik bilim, ko’nikma va o’zlarining tajribalarini bo’lishdi. Shuningdek, maktabda tahsil oluvchi yuqori sinf o'quvchilari orasida ingliz tili fanidan 3 ta tur bo’yicha 2-tur olimpiadasi o'tkazildi. Unda ishtirok etgan 12 nafar o’quvchilardan 3 nafari olimpiada g'oliblari bo’lishdi.
G’olib hamda ishtirok etgan o’quvchilar esdalik sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain






