O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi 6208-sonli “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida kecha, 7-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari tomonidan Samarqand shahrida joylashgan “Do’stlik” mahallasida sportning “Shaxmat” turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
Ushbu musobaqani o’tkazishdan asosiy maqsad mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish va ularning sportga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirishga koʼmaklashish bo’ldi.
Jarayonda mahalla yoshlari o’zlarining faolliklarini ko’rsatishdi. Shuningdek, g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar Samarqand davlat chet tillar instituti homiyligidagi esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





