O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021-yil 12-mayda yuborilgan tegishli xatiga asosan chiqarilgan Samarqand davlat chet tillar instituti 169 - K -sonli buyrug'iga ko'ra Bazarov Zokir Mexrikulovich Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining ijrochi direktori etib tayinlandi.
Bazarov Zokir Mexrikulovich shu kunga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi kichik ilmiy xodimi, Samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi, Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi o‘qituvchisi, Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi kabi lavozimlarda faoliyat ko’rsatgan.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain

